Ruminiyada yarim million kishi hukumat iste’fosini talab qilmoqda

Obuna bo‘lish
Buxarest ko‘chalarida 300 mingdan 500 minggacha namoyishchilar hukumat iste’fosini talab qilmoqda.

Ruminiyada oxirgi 25-yil davomida eng katta namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bir necha kundan beri 300 mingdan 500 minggacha namoyishchilar Buxarestda hukumat iste’fosini talab qilmoqda.

Bir necha kundan beri davom etayotgan namoyishlar mamlakat Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlardan boshlandi. O‘zgarishlar korrupsiya uchun qamalgan mansabdor shaxslarni, pora miqdori 47 ming Yevrodan kam bo‘lgan hollarda, qamoqdan ozod qilishni nazarda tutgan. Namoyishchilar fikriga ko‘ra, JKga ushbu o‘zgarishlar hozirgi kunda mamlakatni boshqarayotgan partiya tarafdorlarini qamoqdan chiqarish uchun amalga oshirilgan.

Aslida JK kiritilgan ushbu o‘zgarish so‘nggi turtki bo‘ldi. Ruminiyaning iqtisodiy ahvoli oxirgi yillarda unchalik yaxshi emas. Iqtisodning ko‘plab sohalari inqirozga uchragan, mamlakatda ulkan ishsizlik, davlat tashqi qarzi miqdori ham 100 milliarddan dollardan oshib ketgan.

 

Yangiliklar lentasi
0