TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentda O‘rta Osiyo hududiy bo‘linmasi rahbari Natalya Xanjenkova boshchiligidagi Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi O‘zbekiston va YeTTB orasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi.
"Munosabatlarda bo‘lib o‘tgan muayan to‘xtalish, hamkorlikning bugungi holati va kelajagiga, yangi sharoitlarda boshqatdan nazar solish imkonini beradi", — deyilgan xabarda.
Kun tartibida, YeTTB prezidenti Suma Chakrabartining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifi va boshqa o‘zaro qiziqish uyg‘otayotgan masalalar ham muhokama qilindi.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki — 1991-yilda 61 mamlakat va ikki xalqaro tashkilot tomonidan tashkil qilingan investitsiya mexanizmi bo‘lib, u Markaziy Yevropadan O‘rta Osiyogacha bo‘lgan 34 mamlakatda bozor iqtisodiyoti va demokratiyani qo‘llab quvvatlashga qaratilgan. Xalqaro tashkilot vakillari sifatida, YeTTB xodimlari yuridik daxlsizlik huquqiga ega.