TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni Toshkentda bir necha yangi loyihalar bilan tanishdi, ular orasida Sergelida qurilayotgan “Toshkent metallurgiya zavodi” ham bor, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.
Yangi zavod Britaniyaning Quality Trade Supplies L.P. kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilmoqda. Uning qiymati 278 million yevroni tashkil qiladi. Maydoni 100 gektar bo‘lgan yangi zavod qurilshini 24 oy davomida yakunlash rejalashtirilgan. Yangi metallurgiya zavodiga Italiya, Germaniya va Avstriyada ishlab chiqarilgan asbob uskunalar keltiriladi.
Zavod avtomobil kuzovlari uchun varaqli metall ishlab chiqariladi. Shuningdek korxona maishiy texnika, metallocherepitsa va profnastil ishlab chiqarishni ham rejalashtirgan. Korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushganidan keyin mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Ushbu korxona uchun mutaxassislar tayyorlash Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Karimov nomli Toshkent Davlat texnik universiteti va professional kollejlar tomonidan amalga oshiriladi.
Prezident ushbu korxonaning respublika iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o‘rin tutishini qayd qilib, korxona uchun mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratdi. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev quruvchilar bilan muloqotda bo‘lib ularning ishlariga muvaffaqiyat tiladi.