Qo‘ng‘irot, Shovot va Urgench poyezdlarida 50% chegirma joriy qilindi

Obuna bo‘lish
Ushbu chegirmalar prezidentning orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston Temir yo‘llari kompaniyasi Qo‘ng‘irot, Shovot va Urgench shaharlariga qatnaydigan poyezdlar chiptalarini ayrim toifadagi fuqarolar uchun 50% chegirma bilan sotilishini e’lon qildi.   

Xabarda aytilishiga ko‘ra, chegirmalar O‘zbekiston Prezidentining orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Qo‘ng‘irot- Toshkent- Qo‘ng‘irot ", "Urgench- Toshkent — Urgench " va "Shovot- Toshkent — Shovot " yo‘nalishidagi poyezdlarda quyidagi toifadagi yo‘lovchilarga 50 % chegirma joriy qilindi:

  • pensionerlar, (1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES dagi halokat oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etganlar);
  • nogironlar (birinchi,ikkinchi yoki uchinchi guruh), nogironlik guruhi ko‘rsatilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tekshiruv akti ko‘chirmasi yoki guvohnoma bo‘lgan holda hamda nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs;
  • 16 yoshgacha bo‘lgan bolalikdan nogironlar, nogironlik guruhi ko‘rsatilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tekshiruv akti ko‘chirmasi yoki guvohnoma bo‘lgan holda hamda nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs;
  • o‘qishga ketayo‘tgan talabalar, oliy ta’lim muassasasiga taklifnoma yoki oliy ta’lim muassasasiga yollanma, yoki talabalik guvohnomasi va oliy ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma bo‘lgan holda;
  • fuqarolarning o‘zini — o‘zini boshqarish organlari tomonidan moddiy yordam tayinlangan kam ta’minlangan oilalar a’zolari, fuqarolarning o‘zini — o‘zini boshqarish organlari tomonidan moddiy yordam to‘lanayotgan davr uchun ma’lumotnoma bo‘lgan holda.

Kiritilgan ushbu chegirmalar bilan bir qatorda amaldagi qonunchilik va xalqaro shartnomalarga muvofiq alohida shaxslar uchun kiritilgan imtiyozlar saqlanib qoladi, lekin chegirmalarning bir nechta turidan bir vaqtning o‘zida foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ikki xil chegirma qo‘llash imkoni bo‘lganda yo‘lovchilar uchun eng manfaatli bo‘lgan chegirmalar qo‘llaniladi.

Yangiliklar lentasi
0