O‘zbekiston boks jamoasi Xitoyga yutqizdi

© WSBUzbek Tigers vs China Dragons
Uzbek Tigers vs China Dragons - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda bo‘lib o‘tgan VII Umumjahon Boks Seriyasi (WSB) musobaqalarining navbatdagi bosqichida Uzbek Tiges boks jamoasi China Dragons jamoasiga 3:2 hisobida boy berdi.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Xitoyda VII  Umumjahon Boks Seriyasi (WSB) musobaqalarining navbatdagi bahsi bo‘lib o‘tdi, musobaqa rasmiy saytiga binoan. 

Unda O‘zbekiston jamoasi nomidan besh og‘irlik toifasida quyidagi bokschilar ishtirok etdi: Mironshoh Ibragimov (49 kg), Abdulxay Sharaxmatov (56 kg), Elnur Abduraimov (64 kg), Ulug‘bek Xaqberdiyev (75 kg) va Boburbek Yo‘ldoshev (91 kg).

Birinchi ikki jang  Mironshox Ibragimov va Abdulxay Sharaxmatovlar 3:0 hisobda sof g‘alaba qozonishdi.

Uchinchi bahsda Elnur Abduraimov, hozircha noma’lum sabablarga ko‘ra ringga chiqmagan va Xitoy jamoasi texnik g‘alabaga erishgan.

WSB rasmiy sahifasi xabariga ko‘ra, 75 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Ulugbek Xakberdiyev toyib ketib o‘ng oyog‘i lat yegani tufayli jangni davom ettira olmagan.

© WSBBoks: Uzbek tigers vs China dragons
Boks: Uzbek tigers vs China dragons - Sputnik O‘zbekiston
Boks: Uzbek tigers vs China dragons
Og‘ir vaznda (91 kg) ishtirok etayotgan yosh bokschi Boburbek Yuldashev xitoylik raqibiga ochkolar hisobida yutqizib qo‘ydi.

Umumiy hisobda musobaqa 3:2 hisobida O‘zbekiston jamoasining mag‘lubiyati bilan tugadi.

O‘zbekiston  jamoasining keyingi uchrashuvi Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi qarshi bo‘lib o‘tadi. Astana Arlans o‘tgan bahsda Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Mart oyida esa O‘zbekiston jamoasi Rossiya boks jamoasi bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil ushbu musobaqalarda O‘zbekiston jamoasi yarim finalga yetib kelgan edi. Bu yil esa mutaxassislar Uzbek Tiges chempion bo‘lishiga  katta imkoniyat bor deb bashorat qilishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0