TOShKENT, 4 fev — Sputnik. 3 fevral kuni Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Samarqand shahrining yangi hokimi tanishtirildi.
Shu kundan e’tiboran Vohid Sanaqulovich Rahimov Samarqand shahri hokimi vazifasiga kirishdi.
Rahimov shu kungacha Pastdarg‘om tumani hokimi sifatida faoliyat yuritib kelgan. U yangi lavozimda Shukurov Akbar Safarovichni almashtirdi.