TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv-4 massivida Arxitektura-qurilish instituti uchun yangi bino qurilishi boshlandi, deb xabar bermoqda NUZ.UZ.
Hozircha esa oliy o‘quv yurtining bir qismi Navoiy ko‘chasidagi eski binoda, bir qismi esa Toshkent moliya instituti binolaridan birida joylashadi. Moliya instituti rektoratidagilarning bildirishicha, Kichik halqa yo‘li va Sharof Rashidov shohko‘chasi kesishmalaridagi binolar arxitektura-qurilish institutining ikki fakulteti vaqtincha joylashtirilishi uchun bo‘shatilgan.
Institut bir-bir yarim yildan so‘ng yangi binoga ko‘chib o‘tishi rejalashtirilgan.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti 1991-yil 6-mayda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov farmoni bilan tashkil etilgan. Institutda 13ta bakalavriat yo‘nalishi va 20ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2000dan ortiq talaba tahisl oladi.