TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Internet foydalanuchilarining yozishiga qaraganda, O‘zbekistonning bir nechta regionlarida mahalliy vaqt bilan 23-40lar atrofida yer silkinishi ro‘y bergan.
"Jizzaxdan telefon qilishdi, yaxshigina yer qimirlabdi", — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
"Men esa menga shunday tuyulayaptimi deb o‘ylabman", — deya zilzila bo‘lganiga ishonmagan chilonzorlik foydalanuvchi.
"Yer silkinishidan uyg‘onib ketdim", — deya o‘z fikrini qoldirgan samarqandlik Saida.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining so‘zlariga qaraganda, 3 soniya davomida kuchli yer silkinishi davom etgan.
Ayrimlar zilzila balli past bo‘lganini aytishgan.