TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Turkmaniston kuch ishlatish xodimlari o‘z faoliyatida jahldor olaboylardan foydalanadigan bo‘ldi, deb xabar qilgan RIA Novosti.
Xabarga muvofiq, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov kuch ishlatish muassasalari rahbarlariga ish faoliyatida olaboy (bo‘ribosar)lardan foydalanishni buyurgan.
Berdiyevga ko‘ra, olaboylar o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida bebaho ishchanlik qobiliyatini namoyish etgan. Ya’ni bo‘ribosarlar jinoyatchilarni ushlash, portlovchi va giyohvand moddalarni aniqlashda katta mahorat ko‘rsatgan.
Mana shu axborotdan so‘ng, Berdimuhammedov olaboylar professional tayyorgarlikdan o‘tadigan ixtisoslashtirilgan markazlarni tashkil qilish to‘g‘risida buyruq bergan. Markazda tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘ribosarlar keyinchalik huquqni muhofaza qilish tuzilmalariga xizmatga jalb qilinadi, deb yozadi nashr.
"Bugungi kunda, asrlar o‘tib, kuchli va jasur, aqlli, chidamli, sodiq va do‘st olaboylar to‘laqonli oila a’zosiga tenglashtirilgan va ular soat sayin mashhur bo‘lmoqda. Qo‘rqmas qo‘riqchi va jangchi itlar bo‘lgan Olaboylar asl madaniyatimizning ajralmas qismidir", — degan Turkmanboshi.