TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonning ayrim yo‘llarida yaqin orada yangi qoida kuchga kiradi. Gavjum svetoforlarda harakatni yengillashtirish maqsadida haydovchilarga qizil chiroq yonib to‘rganda o‘ngga burilishga ruxsat beriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
O‘zbekistonning bir necha shaharlarida, masalan Farg‘ona va Jizzaxda svetoforlarda qizil chiroqqa o‘ngga burilishga ruxsat beruvchi qo‘shimcha yozuvlar paydo bo‘lgan. Bunday yozuvlar fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
“Qizil chiroqda o‘ngga burilish” qoidasi transport vositalariga svetoforda qizil chiroq yonib turganda ham, boshqa tomondan harakatlanayotgan barcha transport vositalarini o‘tkazib yuborib o‘ngga burilishga ruxsat beradi. Shuningdek, o‘ngga burilayotgan haydovchi chorrahagacha va undan keyin ham yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborishi kerak.
Ushbu qoida AQSh, Kanada va boshqa bir necha mamlakatlarda chorrahalar o‘tkazish imkoniyatini 10-50% ga kengaytirishga yordam bermoqda.
Ushbu qoida o‘zbekistonlik haydovchilar uchun kutilmagan yangilik bo‘lgani aniq. Ayrimlar hatto fotosuratlarning haqiqiyligiga shubha qilishmoqda.
Yangilik borasida YHXBdan operativ izoh olishning iloji bo‘lmadi.Ushbu tashabbus qanchalik jiddiy va keng qamrovli bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Haydovchilar bo‘lsa uni ikki qo‘llari bilan qo‘llab-quvvatlashmoqda.