Yulduz Usmonovaning konsertiga chiptalar narxi ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Eng qimmat chipta narxi 250 ming so‘mgacha qilib belgilangan

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova "Istiqlol" san’at saroyida 11-23 aprel kunlari jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan "Ey aziz inson" nomli konsert dasturining chipta narxlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Yulduz Usmonovaning rasmiy sayti ma’muri Azamat Qodirovning ma’lum qilishicha, chiptalar 27-yanvardan savdoga chiqarilgan.

Xabarda aytilishicha, konsertga tayyorgarlik va tashkiliy ishlar ham boshlab yuborilgan.

Azamat Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, dasturning chipta narxlari 20 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha qilib belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0