Toshkentda o‘zbek-amerika biznes forumi o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishToshkent
Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro biznes markazida Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining biznes-forumi o‘tkaziladi

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekistonga Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti Stiven Naderni rahbarligidagi AQSh ishbilarmon doiralari delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy sayti xabar berdi.

Xalqaro biznes markazida AQSh ma’muriyati yuqori mansabli a’zolari, Amerikaning yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralari, shuningdek, O‘zbekiston hukumati, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari, xalqaro moliya institutlari va diplomatik korpus vakillari ishtirokida Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining biznes-forumi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida AQSh ishbilarmon doiralarining O‘zbekistondagi kichik va xususiy biznes vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari, shuningdek, O‘zbekistondagi investitsiya muhiti imkoniyatlari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0