Toshkent-Andijon poyezdi qatnovi yana yo‘lga qo‘yildi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq ayrim OAV tomonidan Qamchiq dovonida yuk poyezdi halokatga uchragani haqida xabarlar tarqatilgandi

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Bir necha kundan buyon qatnovi to‘xtab qolgan Qamchiq dovoni orqali qatnovchi Toshkent-Andijon poyezdi qatnovi yana yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

"2017 yil 1-fevral kunidan boshlab "Toshkent-Andijon-Toshkent" yo‘nalishida qatnovchi 61/62, 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdlari hamda yuk poyezdlarining muntazam qatnovi yana yo‘lga qo‘yildi", deyiladi xabarda.

Ilgariroq ayrim OAV tomonidan Qamchiq dovonida yuk poyezdi halokatga uchragani haqida xabarlar tarqalgandi.

Yangiliklar lentasi
0