Shavkat Mirziyoyev Kanada bosh vaziriga ta’ziya izhor qildi

© GEOFF ROBINS / AFPOttava, Kanada
Ottava, Kanada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
29 yanvar kuni Kanadaning Kvebek shahridagi Islom madaniyat markazidagi masjidda otishma sodir etilgandi

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kanada Bosh vaziri Per Jeyms Trudoga Kvebek shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lganligi munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, 29-yanvar kuni Kanadaning Kvebek shahridagi Islom madaniyat markazidagi masjidda otishma sodir etilgandi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. 39 kishi otishmadan omon chiqqan.

Yangiliklar lentasi
0