Dunyoda birinchi avtomatlashgan qahvaxona AQShning San-Fransisko shahrida ochildi. U yerda baristaning o‘rnida Gordon ismli robot-qo‘l ishlaydi. Gordon ikki kofe mashinani boshqarishi mumkin. Epchil barista mijozlarga soatiga 120 chashka qahva tayyorlab berishi mumkin.
Quyida San-Fransiskodagi kichik qahvaxonada olingan videolavhani tomosha qiling. Qahvaxonaning asosiy mijozlari yozlar bo‘lib, ular robot ishlashini qiziqib tomosha qilmoqdalar.
Balkim kelajakda barmen va baristalar umuman kerak bo‘lmay qolar? Aytmoqchi, yangi barmenga choy puli ham kerak emas.