TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Ushbu yilning oxiriga qadar Rossiyada yangi qog‘oz pullar muomalaga chiqariladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Yangi qog‘oz pullarda tasvirlanadigan shaharlar 2016-yilda teleefir orqali o‘tkazilgan ovoz berish orqali aniqlangan edi. Uning natijasiga ko‘ra, yangi 200 rubllik qog‘oz pulda Qrim yarim orolidagi Sevastopol shahri, 2000 rubllik banknotaga esa Vladivostok ko‘prigi va "Sharqiy" kosmodromi manzaralari tasvirlangan.
Yangi 2000 rubllik
© Sputnik / Reklamnoe agentstvo PROVODA
/ Markaziy banki raisi Elvira Nabiullinaning fikriga ko‘ra, chiqarilayotgan yangi pullar Rossiyada muomalada bo‘lgan naqd pul hajmini ko‘paytirmaydi, shu bilan birga ular yillik 4-6 % inflyatsiyani qoplaydi va aholi hisob-kitobi uchun qo‘shimcha qulayliklar tug‘diradi.