Ortiq Otajonov 70 yoshda

Obuna bo‘lish
O‘zbek mumtoz ashula san’atining haqiqiy yulduzi, Ortiq Otajonov o‘zining 70-yillik yubileyini do‘stlar va yaqinlar davrasida kutib oldi.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Ushbu yilning 30-yanvarida O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov muborak 70 yoshga to‘ldi. Xonandaning yubiley marosimi Toshkentdagi restoranlardan birida yaqin do‘stlari va hamkasabalari davrasida kutib olindi.

Yubileyda taniqli o‘zbek xonandalaridan ko‘pchillik tashrif buyurdi. Xonandaning yaqin kishilari Facebook va Instagramda ushbu marosim haqida bir necha fotosuratlar va videolar joylashtirishdi.

Foto opublikovano ''SARBON'' FARHOD SAIDOV (@sarbon_farhodsaidov) Yanv 30 2017 v 2:19 PST

Ortik Atajanov tavallud ayyomidamiz…

Foto opublikovano Aziza Niyazmetova (singer) (@aziza_niyazmetova) Yanv 30 2017 v 9:40 PST

Ortiq Otajonov 1947-yilning 30-yanvarida Xorazm viloyatining Xitoy qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada tug‘ilgan. Yoshiligidan qo‘shiq aytishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan. Xonanda aytishiga qaraganda, bolaligida radiodan qanday qo‘shiq eshitsa o‘shani hirgoyi qilib yuraverar ekan.

1962 yilda Ortiq Otajonov Xorazm san’at maktabining musiqa fakultetiga o‘qishga kiradi. U yerda bo‘lajak xonanda o‘rganadi. Qo‘shiq aytish sirlarini esa mashhur o‘zbek xonanadasi, asli xorazmlik bo‘lgan Komiljon Otaniyozovdan o‘rgangan. Xonanda Komiljon Otaniyozovni o‘zining haqiqiy ustozi deb biladi. 

Katta sahnalarda Ortiq Otajonov 1968-yildan 1997-yilga qadar faoliyat olib borgan. Xonandaning "Umr o‘tar", "Lazgi", "Boshqacha", "Kelsun, kelsun", "Dilbar", "Yurishlaring" kabi qo‘shiqlari haqiqiy zamonaviy mumtoz qo‘sho‘iqlarga aylangan. Xonandaning o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lgan kuchli ovozi har bir o‘zbekistonlikka juda yaxshi tanish. 

Bugungi kunda hali ijod qilishdan to‘xtamagan xonandaning 100 dan ortiq qo‘shiqlari 25ta musiqiy kliplari muxlislarni bahramand qilib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0