TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Andijonda Oilalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muhitni o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruhining maqsadi, uning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish, belgilangan ishlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bergan "Darakchi".
Ishchi guruh o‘z faoliyatida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini, intellektual darajasini, oilalardagi ma’naviy muhitni aniqlash, joylardagi muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish, yuqori darajada hal etiladigan masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish, oilalar daromadini oshirish bo‘yicha fikrlarni o‘rganib, zarur amaliy yordam ko‘rsatish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, davlat va jamoat tashkilotlarining doimiy hamkorligini yanada mustahkamlash kabi qator masalalarni atroflicha o‘rganadi.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda Respublika ishchi guruhi a’zolari rahbarligida viloyatning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan guruhlar tomonidan belgilangan ishlar reja asosida olib borilmoqda.