TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Qirg‘iziston poytaxtidagi "Vostok-5" mikrorayonida yashovchi sakkizinchi sinf o‘quvchisi beshinchi qavatdan o‘zini tashladi, deb xabar bergan Sputnik Qirg‘iziston.
Guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, fojia tonggi 4-5 oralig‘ida yuz bergan.
"Qo‘shnimning o‘g‘li 30-yanvar kuni 15 yoshga to‘lgan edi, u 8- sinfda o‘qirdi. Nima sababdan bunday qilgan — hech kim bilmaydi. Yaxshi oiladan, tarbiyali, shirinsuxan edi…", — deya o‘z fikrlarini bildirgan Viktoriya ismli qo‘shni ayol.
Nashr muxbirlari uy podyezdida halok bo‘lgan bolaning onasiga duch kelishgan.
Ayol kuni kecha o‘g‘li va qizi bilan Internet o‘yinlar xususida gaplashganin aytgan. Onaning aytishicha, o‘g‘li internet o‘yinlarni o‘ynamasligini aytib, tezda o‘z xonasiga kirib ketgan.
O‘smirning xonasida chiroq yoniq turganini birinchi bo‘lib, uning singlisi ko‘rgan.
Ona erta uyg‘ongani sababini so‘ramoqchi bo‘lib, o‘g‘li xonasiga bosh suqqanida, deraza ochiq turganiga ko‘zi tushadi.
Qo‘shni ayolning so‘zlariga ko‘ra, bolaning xonasidan telefon topilgan. Ammo uni hech kim blokdan yecha olmagan. Apparatni militsiya xodimlari olib ketishgan.
Sal oldin Qirg‘izistondagi ko‘plab o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlarda #kitlardengizi, #tinchuy, #meno‘yindaman, #meni420dauyg‘ot xeshteglari bilan o‘zaro bo‘lishayotganliklari xabar qilingan edi. Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari aynan shu xeshteglar o‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari avj olishiga sabab bo‘layotganiga shubha qilishmayapti. Internet o‘yinlari mazmuni shartlardan iborat bo‘lib, ularning eng oxirgisi — o‘z joniga qasd qilish hisoblanadi.