Yangi tayinlov

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Quvaytdagi Elchisi etib Bahromjon A’loyev tayinlandi

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida yangi tayinlov haqida xabar e’lon qilindi.

"Bahromjon A’loyev O‘zbekiston Respublikasining Quvayt davlatidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi", — deyilgan xabarda.

Ma’lumot berilishicha, A’loyev ilgari O‘zbekistonning Quvaytdagi elchixonasida maslahatchi — muvaqqat ishlar vakili bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda O‘zbekistonning chet davlatlardagi elchixonalari, xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonalari ishiga tanqidiy baho berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0