TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator lavozimlar bo‘yicha tayinlov belgilandi. Bu haqda IIV rasmiy sahifasida xabar qilindi.
Toshkent shahri:
Polkovnik Abduvohid Salomovich Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi IIV tashkiliy-inspektor boshqarmasi boshlig‘i;
Podpolkovnik Elbek Xayrulla o‘g‘li Xayrullayev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoiy qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i;
Podpolkovnik Behzod Alisher o‘g‘li Sayfullayev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi Xorijga kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Samarqand viloyati:
Podpolkovnik Farhod Fattoxovich Hasanov Samarqand viloyati jinoiy qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i;
Podpolkovnik Otabek Abdusamatovich Jalilov Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.
Navoiy viloyati:
Podpolkovnik Vahob Ne’matullayevich Saidov Navoiy viloyati ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati rahbari etib tayinlandi.
Mayor Shuhrat Yo‘ldoshevich Adumuratov Navoiy viloyati shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati rahbari etib tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati:
Polkovnik Nozim Nig‘matullayevich Xodjayev Qashqadaryo viloyati ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati rahbari etib tayinlandi.
Andijon viloyati:
Podpolkovnik Kamoliddin Sadirdinovich Shahobutdinov Andijon viloyati tergov boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Sirdaryo viloyati:
Podpolkovnik Bahriddin Abulqosimovich Qarshiboyev Sirdaryo viloyati Guliston tumani ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i etib tayinlandi.