Tatyana va Lola Karimova Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi

Obuna bo‘lish
30-yanvar kuni - Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning Birinchi prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirib, qabriga gul qo‘ydilar

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. 30-yanvar kuni O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrif buyurib, Islom Karimov qabriga gul qo‘ygan edi.

Shu kuni Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova va kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva ham Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, guldasta qo‘ydilar. Tatyana va Lola Karimovalarga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Zoyir Mirzayev, O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hamrohlik qildilar.

Islom Karimov ruhi poklariga Qur’on tilovat qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 30-yanvar — O‘zbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavallud ayyomi kuni munosabati bilan prezidentning qizi Lola Karimova-Tillyayeva otasini xotirlab ijtimoiy tarmoq orqali yozuv qoldirgan edi.

"Hamisha 30-yanvar kuni biz Sizni tavallud ayyomingiz bilan qutlashga oshiqar edik. Bugun esa o‘zgacha…..Siz endi bizning oramizda yo‘qsiz, aziz otajonim…Shunday bo‘lsa-da, biz dildan doimo sizning borligingizni his etib turamiz….To qalblarimizdagi muhabbat abadiy yashar ekan, siz ham yuraklarimizda mangu qolajaksiz", deb yozgan edi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Lola Karimova.

Yangiliklar lentasi
0