Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi

© SputnikQashqadaryo
Qashqadaryo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq deputatlari Muborak tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Sessiyada Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev so‘zga chiqib, tumanning ko‘pmillatli xalqi, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha mulohaza yuritdi, deb xabar qilingan Qashqadaryo viloyati hokimligi saytida.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Javliyev G‘ayrat Choriyevich Muborak tumani hokimi etib tasdiqlangan. Tumanni bir necha yillardan buyon boshqarib kelgan Allaqulov Panji Egamberdiyevich esa hokim vazifasidan ozod etilgan.

Yangiliklar lentasi
0