O‘tgan yetti kunning eng muhim yetti xabari

© DarakchiShavkat Mirziyoyev posetil mogilu Islama Karimova
Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston va Xorazmga safari, Toshkentdan uy sotib olish mumkinmi, Qamchiq dovonida ag‘darilmagan poyezd va boshqa muhim habarlar haqida.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘tgan yetti kun turli voqealarga boy bo‘ldi.

Yanvar oyining oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida bo‘lib u yerdagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvol bilan  yaqindan tanishdi. Xususan, Qoraqalpog‘istonda paxta hosildorligining sustligi, uzoq aholi punktlarida toza ichimlik suvi yetishmasligi muammolariga alohida e’tibor qaratildi. Shundan keyin respublika rahbari qurilayotgan bir necha yangi loyihalar bilan tanishib chiqdi. Ular orsida yangi Polimer zavodi qurilishi va har bir oilaga 100tadan jo‘ja boqishni topshirish tadbirlari ham bor.

Shavkat Mirziyoyev posetil Karakalpakstan - Sputnik O‘zbekiston
Kimga kerak bunaqa tirikchilik?

GM Uzbekistan avtomobillarni onlayn sotadi. O‘zbekistonning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonasi, zamon bilan hamqadam bo‘lish hamda korxona mahsuloti va sotuvdan keyin ko‘rsatiladin xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida axborot texnologiyalarini tadbiq qilishga qaror qilgan. Jumladan mijozlar onlayn-anketa orqali korxona mahsulot va xizmatlari haqida o‘z fikr mulohazalarini 3-fevralgacha bildirishlari mumkin.  GM Uzbekistan kyelajakda avtomobillarni onlayn sotishni ham nazarda tutgan. Kompaniya fikriga ko‘ra, xaridorlar bilan aloqada bo‘lish mahsulot va  xizmatlar sifatini yaxshilash va mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilishga yordam beradi.

Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan avtombillarni onlayn sotadi
Endi Toshkent faqat boylar uchunmi? Ma’lumki, viloyat fuqarolariga Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tish bir necha yildan beri cheklangan. Uy-joy narxi falon pul bo‘lishiga qarmasdan, viloyat fuqarolari o‘z nomiga uy sotib olishning qonuniy yo‘li ham yo‘q. Lekin yaqinda vaziyat o‘zgarishi mumkin. Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, boshqa viloyatliklar Toshkentda yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib olsa yoki qiymati 300 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan uy sotib olsa – ularga doimiy propiska berilishi mumkin ekan. Agar chet el fuqarolari Toshkentdan uy sotib olib, ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsa, bunday uylar narxi 100 ming $ dan qimmat bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonda kelasi yildan xorijga chiqish alohida pasporti joriy etiladi. Adliya vaziri o‘rinbosari Nodir Jo‘rayev aytishiga qaraganda, O‘zbekistonliklarga ikki yilga beriladigan stiker o‘rniga 10-yillik xorijga chiqish pasporti joriy etilishi mumkin. Bu tez-tez OVIRga borib charchagan aholi uchun stikerdan ko‘ra albatta qulayroq bo‘ladi. MDH mamlakatlariga qaysi pasport orqali chiqish masalasi hali muhokama qilinmagan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati  oliy malakali mutaxassislarning chet elga chiqib ketishini oldigi olishni rejalashtirigan. 

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Xorijga chiqish uchun alohida pasport joriy etiladi
Qamchiq dovonida poyezd ag‘darildimi? Bu savolga aniq javob yo‘q, chunki na “O‘zbekiston Temir yo‘llari”, na Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo boshqa rasmiylar bu borada lom-mim demadi. Nailoj, yana Sherlok Xolms bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Faktlar: Toshkent – Andijon yo‘nalishida poyezdlar qatnovi noma’lum muddatga bekor qilindi, “Qamchiq” dovonida tunu-kun qutqaruvchilar navbatchilik qilmoqda, vanihoyat bir talay OAVlarda Qamchiq dovonidan ahdarilab yotgan yuk poyezdi fotosuratlari chop etildi… Xulosa – bu yerda bir gap bor…

Gruzovoy poyezd na perevale Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Qamchiq dovonida poyezd ag‘darildimi?
Toshkent aeroporti kengaytirilishi tufayli 1400 oila ko‘chiriladi.Soatiga 1500 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan “Toshkent-4” zamonaviy terminali qurilishi munosabati bilan aeroport yaqinida 540 o‘y xo‘jaliklarida yashayotgan 1400 oila boshqa joylarga ko‘chiriladi. Millliy aviakompaniya rahbariyati xabariga ko‘ra, “ko‘chirilayotgan har bir oilaga teng maydonli xonadon, yer maydoni yoki mablag‘ beriladi. Hech kimning huquqi poymol qilinmaydi”. Aeroport yangi terminali Koreyaning “Eksimbank”idan olingan 200 mln kredit hisobiga Koreyalik kompaniyalar yordamida amalga oshirilmoqda.

Islom Karimov xotirasi abadiy bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Ushbu qarorga ko‘ra har  yilning 30-yanvar Karimov tavalluddi kuni va 2-sentabr – xotirasi kuni sifatida keng nishonlanadi. Undan tashqari, Toshkent davlat texnika universiteti, Asaka shahridagi avtomobil zavodi, Farg‘ona shahridagi San’at saroyi, Toshkent xalqaro aeroporti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomi beriladi.

Vistavka pamati pervogo Prezidenta Uzbekistana Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov xotirasi abadiy bo‘ladi

 

 

Yangiliklar lentasi
0