Adxam Ikromov Peterburgdagi Tibbiyot markazida bo‘ldi

© Nuz.uzMinistr zdravooxraneniya Uzbekistana posetil medsentr v Peterburge
Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana posetil medsentr v Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov Sankt-Peterburgga tashrif buyurib Almazov nomli Meditsina-izlanish markazida bo‘ldi.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Adham Ikromov tashrifi davomida Almazov Meditsina markazi va O‘zbekiston kardiologiya markazlari orasida shartnoma imzoladi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz sahifasi.  

Imzolangan shartnoma ikkala tomon orasida ilmiy-ta’lim, izlanish, klinika, profilaktika va eksperimental kardiologiya sohalarida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Almazov nomli tibbiy markaz translatsion meditsina, ya’ni yangi texnologiyalarni amaliy meditsina sohasiga tadbiq qilish bo‘yicha Rossiyaning yetakchi tibbiy markazi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi davomida bu yerda Rossiyaning ikki yetakchi tibbiyot markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar qilingan edi.

Xususan, Respublika ixtisoslashgan kardiologiya markazining Xorazm filialida Rossiyaning Bakulev nomli yurak-qon tomirlari markazi bilan va Toshkent Meditsina akademiyasining Urganch filialida Sankt-Peterburg davlat Tibbiyot universiteti bilan hamkorlik o‘rnatishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0