O‘zbekistonda yangi bank tashkil etiladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishXorij valyutasi
Xorij valyutasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari, shu jumladan xalqaro moliya muassasalari belgilangan tartibda bank aksiyadorlari bo‘lishlari mumkin

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yangi — «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat banki tashkil etiladi. O‘zbekiston prezidentning bu haqdagi qarori O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida joylashtirilgan.

Bank eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.

Bankning boshlang‘ich ustav kapitali 10 mln yevro etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari, shu jumladan xalqaro moliya muassasalari belgilangan tartibda bank aksiyadorlari bo‘lishlari mumkin.

Yangi bank va uning filiallari ro‘yxatga olingan sanadan 5-yil muddatga barcha turdagi soliqlar hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etiladi va bo‘shayotgan mablag‘lar bankning resurs va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (7,5 mln yevro, 75 foiz), «O‘zbekinvest» kompaniyasi (1 mln yevro, 10 foiz), «O‘zbekoziqovqatxolding», «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat SK» (500 ming yevrodan yoki 5 foizdan) bankning muassislari hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0