AQShda Islom Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan "O‘zbeklar uyi" ta’mirlandi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda jurnalist Mavlon Shukurzoda ma’lum qildi

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. AQShning Nyu-Jersi shtati, Dover shahrida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasining «O‘zbeklar uyi» Milliy-madaniy markazi ta’mirlandi va jihozlandi. Bu haqda jurnalist Mavlon Shukurzoda o‘zining Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.

Jurnalist o‘z postiga bir nechta fotosuratlarni ilova qilgan.

Bugun O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hayot bo‘lganida 79 yoshni qarshi olgan bo‘lardi. O‘zbekistonda 30-yanvar — Islom Karimov tavallud ayyomi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra keng nishonlanadi.

O‘zbekistonning barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda marhum prezident xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0