Tibbiyot muassasalariga 84 mln $lik asbob-uskuna keltiriladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishTibbiyot asbob-uskunalari
Tibbiyot asbob-uskunalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilda O‘zbekiston tibbiyot muassasalariga 83,85 mln dollarga yuqori texnologiyali asbob-uskunalar keltiriladi.

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalarini yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlashda davom etmoqda, deb xabar qildi UzbekistanToday nashri.   

Ushbu yil ta’minlanishi rejalashtirilgan asbob-uskunalar ro‘yxatiga shahar, tuman va oilaviy poliklinikalar, respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazlar, davlat sanitar-epidemiologik nazorat markazlari va OTMlar huzirida joylashgan klinikalar va Respublika klinikalari kiritildi.

Onkologiya muassalalari yangi radioterapiya apparatlari, onkologiya kasalliklarini o‘ta aniq aniqlaydigan gistoximiya tekshirish uskunalari bilan jihozlanadi. Respublika tezkor tibbiyot yordami ilmiy markazi va Toshkentda qurilayotgan ko‘p sohali to‘rtinchi avlod bolalar markazi ham eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi.

Ushbu asbob-uskunalarning barchasi  Tibbiyot vazirligi Islom taraqqiyot banki, Saudiya rivojlanish fondi, Xalqaro rivojlanish agentligi, Quvayt arab iqtisodiy rivojlanish fondi va Koreya Eksimbanki tomonidan ajratilgan  kreditlari hisobiga sotib olinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0