TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Bundan buyon tekshiriladigan tadbirkorlik subyektlar jadvalini kompyuter tuzadi, deb xabar qilmoqda sharh.uz sahifasi.
Xususan, "Elektron tizim dastur asosida yaratilgan mezonlar yordamida tekshirishlar jadvalidan o‘rin oladigan tadbirkorlik subyektlarini belgilab beradi", — deyilgan xabarda.
Ushbu tizim to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha tadbirkorlik subyektlarining bazasi yaratilishi kerak. Shuningdek, xabarda davomida ushbu tizim "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotganligi ham aytib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz o‘tgan yilning 5-oktabrida Shavkat Mirziyoyev "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" farmon imzolagan edi. Ushbu farmonda, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, deyilgan.