TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. Bu yil O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozovning 100-yillik yubileyi nishonlanadi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga uyushtirgan safari davomida kiritildi, podrobno.uz xabariga asosan.
Ushbu tadbir doirasida Komiljon Otaniyozov nomi bilan atalgan zamonaviy ijod markazi yaratish va markaz hududida hofiz haykali o‘rnatilishi rejaashtirilgan. Ijod markazida qobiliyatli yoshlar adabiyot, kino va fotografiya san’ati sirlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Xorazmlik shoir Omon Matjon Komiljon Otaniyozovning O‘zbekiston qo‘shiqchilik san’atiga qo‘shgan hissasini Alisher Navoiyning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni bilan tenglashtirgan edi. Lekin dunyodagi ko‘plab muxlislari uchun Komiljon Otaniyozovning ijodi bilan tenglashtiradigan narsaning o‘zi yo‘q bo‘lsa kerak.
Hammaga ma’lumki, hofiz ijodi birovga yoqishi yoki yoqmasligi mumkin. Hammaning didi har xil. Lekin Komiljon Otaniyozovning "Hay omona, omon", “Barigal” yoki "Lazgi"sini eshitgan hech bir kishi befarq qolmagan. Shuningdek hofiz ovoz kuchaytiruvchi apparatura buzilib qolganda o‘z ovozida katta konsertlar olib borgani ham ma’lum.