TOShKENT, 28 — Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. Oq uy rejasiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon muloqoti Moskva vaqti bilan 20.00da shanba kuni bo‘lib o‘tishi lozim, deb xabar qilgan OQ uy matbuot-xizmatiga tayangan holda RIA Novosti.
Putin bilan muloqotga qadar Tramp Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va Germaniya kansleri Angela Merkellar bilan telefonlashadi, deb xabar qilgan nashr.
Putin bilan muloqot qilib bo‘lgach, AQSh prezidenti Fransiya prezidenti Fransua Olland va Avstraliya Bosh vaziri Malkolm Ternbullar bilan muzokara o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov shanba kuni Putin va Tramp o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.
Tramp shanba kuni yana bir nechta farmonlarga imzo chekadi, hujjatlarning mazmuni oshkor etilmayapti, deyilgan xabarda.