"Yashil haftalik" O‘zbekistonga 151,2 mln $lik shartnomalar keltirdi

© uzagroexport.uzBerlindagi "Yashil haftalik - 2017" ko‘rgazmasi
Berlindagi Yashil haftalik - 2017 ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya, Buyuk Britaniya, Latviya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, BAA, Turkiya kabi o‘ndan ortiq mamlakatlar bilan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Berlinda yetti kun davomida bo‘lib o‘tgan "Yashil haftalik — 2017" ko‘rgazmasida O‘zbekistondagi tashqi savdo kompaniyalari, qayta ishlash korxonalari, viloyatlar va tumanlar hokimliklari vakillari Yevropa va boshqa mamlakatlarga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha 151,2 mln dollarlik eksport shartnomalari tuzdilar, deb xabar beradi "O‘zagroeksport" matbuot xizmati.

Germaniya, Buyuk Britaniya, Latviya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, BAA, Turkiya kabi o‘ndan ortiq mamlakatlar bilan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

"Xorijlik hamkorlar bilan muzokaralar jarayonida o‘zbek delegatsiyasi vakillari meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning iqtisodiy texnologiyalari, mahsulotni qayta ishlash va eksportini takomillashtirish, qishloq xo‘jalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilish masalalarini batafsil muhokama qildilar", — deyiladi xabarda.

© uzagroexport.uzBerlindagi "Yashil haftalik - 2017" ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston stendi
Mejdunarodnaya selskoxozaystvennaya yarmarka Zelonaya nedelya-2017 v Berline - Sputnik O‘zbekiston
Berlindagi "Yashil haftalik - 2017" ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston stendi

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik salohiyatini "O‘zbekoziqovqatxolding", "O‘zvinsanoatxolding" xolding kompaniyalari, "O‘zagroeksport" Aj hamda respublikadagi fermer xo‘jaliklari namoyish etishdi.

Maydoni 200 kv metrga yaqin bo‘lgan O‘zbekiston milliy stendiga qo‘yilgan yangi mevalar, sabzavot va rezavorlar, quritilgan mevalar, yog‘-moy va vino mahsulotlari, ziravor va ko‘katlar, qayta ishlangan mahsulotlar — sharbatlar, murabbolar, turli konservalar ko‘pchilikning e’tiborini jalb etdi.

"Yashil haftalik" — qishloq xo‘jalik, chorvachilik, bog‘dorchilik va oziq-ovqat sanoatidagi so‘nggi yutuqlarni namoyish etuvchi jahondagi eng yirik ko‘rgazma. Bu yil ko‘rgazmaga 400 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.

Yangiliklar lentasi
0