TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Joriy yilda O‘zbekiston hukumati ishlayotgan pensionerlarga pensiyalarini to‘liq hajmda to‘lash masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda NUZ.UZ muxbiriga Harakatlar strategiyasi muhokama qilinayotgan media-haftalik doirasida moliya vazirining o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.
"Hozirda bu meyor "Nuroniy" jamg‘armasi xodimlariga qo‘llanmoqda. Bugungi kunda mazkur masala dolzarb bo‘lib, mazkur yo‘nalishda ish olib bormoqdamiz. Biz ishlayotgan pensionerlar pensiyasini to‘liq hajmda olishiga imkon beruvchi tegishli taklifni tayyorlaymiz", — dedi Mubin Mirzayev.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ishlayotgan pensionerlar ularga hisoblangan pensiyaning 50%ini oladilar.