TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda bir foydalanuvchi tomonidan yuklangan video qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Rolikda militsiya xizmat mashinasi yo‘l harakati qoidalarini ochiq va qo‘pol tarzda buzayotgani tasvirlangan. Mashina qizil chiroq yonganiga qaramay, "gazni" bosgan. Ushbu voqea "Pushkin" metro stansiyasi yaqinida sodir bo‘lgan.
"Televizorda DAN xodimlari haydovchilarga qoidabuzarlik uchun tanbeh berayotgani ko‘rsatiladi faqat. Qachon ularning o‘zlarini ham ko‘rsatishar ekan?", — deb yozgan internet foydalanuvchilardan biri.
"Biz kichkina odamlar bo‘lsak, ularga esa hamma narsa mumkin!", — deb ta’kidlagan yana bir foydalanuvchi.
"Ular hamisha xizmatda, bu borada surishishdan foyda yo‘q", — deb yozgan yana bir foydalanuvchi.
Xabar qilinishicha, internet foydalanuvchilari maslahatni bir joyga qo‘yib, qoidabuzar ustidan IIV virtual qabulxonasiga xat yozishgan.
"Murojaat raqami 858/17. Natijani ko‘ramiz", — deb yozgan yana bir foydalanuvchi.