TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. "Toshshahartransxizmat" jamoat transportida yo‘lkira haqini oshirmaslikni va’da berdi, deb xabar qilmoqda kompaniya rahbari Otabek Sodiqov.
Uning so‘zlariga qaraganda kompaniya faoliyati samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimizatsiya qilish natijasida narxlar oldingi darajada qoldirilgan.
"Soliqlar va yonilg‘i narxi oshishiga qaramasdan, biz bu yil yo‘lkira haqini oshirishni rejalashtirmaganmiz", — dedi Sodiqov.
Odatdta, Toshkentda yo‘lkira 1-apreldan oshirilar edi. O‘tgan yilni narxlar 20% ga oshirilgan edi. O‘shanda yo‘lkira 1000 so‘mdan 1200 rublga oshirilgan edi. Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 1-aprelda ham narxlar oshirilmagan edi.
Shavkat Mirziyoyev 2021-yilga qadar O‘zbekiston shahar va qishloqlarida yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish haqida qaror qabul qilgan edi. Ushbu qarorga ko‘ra Toshkentda 80 ta yangi yo‘nalishlar tashkil qilish va samarasiz yo‘nalishlarni o‘zgartirish rejalashtirilgan. Undan tashqari barcha avtobuslarda avtomatlashgan elektron to‘lov tizimi joriy etish rejalashtirilgan.