TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Ayni damda Rossiya FXX xodimlari Qrim yarim orolida joylashgan Baxchisaray aholi punktida "Hizb ut-Tahrir" a’zolarini qo‘lga olish operatsiyasi o‘tkazmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Qrim huquqni saqlash organlari Baxchisarayda "Xizb ut-Tahrir" faoliyatini to‘xtatish borasida ishlar olib bormoqda. Xususan a’zolikda gumon qilinganlar turar joylarida tintuv ishlari o‘tkazilmoqda", — dedi Qrim hukumati millatlaroro munosabatlar qo‘mitasi rahbari Zaur Smirnov.
"Xizb ut-Taxrir al-Islami" (Islom ozodlik partiyasi) — faoliyati dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ta’qiqlangan. Rossiyada ushb tashkilot faoliyati 2003-yilda Oliy sud tomonidan ta’qiqlangan."Hizb ut-Tahrir" maqsadi — musulmon bo‘lmagan hukumatlarni yo‘q qilib, umumjahon islom halifaligi tashkil qilish.
Yaqinda Qozon vertolet zavodidan ko‘p miqdorda ehtiyot qismlar o‘g‘irlagan va terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan bir guruh ekstremistlar qo‘lga olinganini xabar bergan edik. Ular vertolet zapchastlarini o‘g‘irlab chet elga sotishgan va zavodda terakt uyushtirmoqchi bo‘lishgan.
