Front aviatsiyasining ko‘p maqsadli qiruvchisi MiG-35 dastlabki parvozi Luxovisi aerodromida bo‘lib o‘tdi.
MiG-35 — "4++ avlod" qiruvchisi hisoblanadi. Uning tashqi ko‘rinishi mashhur MiG-29ga o‘xshash bo‘lsada, u to‘liq qayta ishlab chiqarilgan. MiG-35ning qanotlari maydoni 4m2ga kengaytirilgan, planeri yengillashtirilgan, dvigatel resursi oshirilgan va himoya tizimi mukammallashgan. Undan tashqari samolyotga eng zamonaviy, 5 avlod axborot va nishonga olish tizimi o‘rnatilgan. Samolyot bir vaqtning o‘zida 10ta nishon "tutib olishi" va kuzatib borishi mumkin.
Samolyot 2018-2020 yillarda Rossiya qurolli kuchlari safiga qo‘shilishi rejalashtirilgan. MiG-35ning texnik ko‘rsatkichlari va oldindan kiritilgan yangilash imkoniyatlari samolyotga 2035-2040 yillarga qadar qurolli kuchlar safida qolish imkonini beradi.