TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 2017 yilda oylik ish haqi hamda pensiya miqdori kamida 10 foizga oshiriladi, deb xabar qilgan kun.uz nashri.
Xabarga ko‘ra, 26-yanvar kuni Harakatlar strategiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan mediahaftalik doirasida ijtimoiy sohani rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlar ma’lum qilingan.
"Harakatlar strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida ish haqi, pensiyalarni bosqichma-bosqich ko‘tarish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. 2017-yilda ularning miqdorini kamida 10 %ga oshirish ko‘zda tutilmoqda", — deyiladi xabarda.
Shuningdek aholi daromadlariga nisbatan belgilanuvchi soliq yukini kamaytirish maqsad qilingan.