Nozim Husanov Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

© UZ24Toshkent hokimiyati
Toshkent hokimiyati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nozim Husanov 2016-yilning bahoridan Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent hokimi birinchi o‘rinbosari etib Nozim Husanov tayinlandi, deb xabar qilingan Toshkent hokimiyati saytida.

"Nozim Husanov Toshkent hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi", — deyiladi xabarda.

Samarqand viloyatiga kirish yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
Viloyat, shahar va tumanlar hokimiyatlari tuzilmasidagi yangi lavozim O‘zbekiston Prezidentining 22-dekabrdagi qarori bilan joriy etilgan.

Nozim Husanov (1976 yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug‘ilgan) o‘tgan yilning bahor oylaridan boshlab Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan.

U 2014-2016 yillarda “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi, 2013-2014 yillarda – Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2011-2013 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari, 2010-2011 yillarda – Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi rahbari bo‘lib mehnat qilgan.

Toshkent avtomobil-yo‘llari instituti (1997) va Toshkent moliya instituti (sirtqi bo‘lim, 2002) bitiruvchisi.

Yangiliklar lentasi
0