Elektron xizmatlar sifatiga baho beriladi

© Yediniy portal gos. uslugYagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fevral oyida davlat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatiga baho beriladi, natijalar OAVda e’lon qilinadi.

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston davlat organlari bugungi kunda aholiga ko‘rsatayotgan elektron xizmatlar sifatiga baho beriladi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Elektron xizmatlar sifati Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrda e’lon qilingan "Elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini baholash to‘g‘risidagi"  qaroriga binoan baholanadi.

Xizmatlarni baholash uchun 100 ballik tizimdan foydalanilgan. Ballar to‘qqiz ko‘rsatkichga qarab belgilanadi. Eng ko‘p ball — 30 bo‘lib, u murojaat qiluvchilarning ko‘rsatilgan elektron xizmatdan qanchalik qoniqqaniga qarab beriladi. Xizmat belgilangan muddat ichida ko‘rsatilganda — 20 ball, optimizatsiya qilingan elektron xizmatlar ko‘rsatilganda — 13 ball beriladi.

Shunday qilib, murojaat qiluvchilarning ko‘rsatilgan xizmatlar haqidagi fikrini inobatga olmaydigan tashkilotlar ko‘p ball yo‘qotadi. Baholash jarayoni va natijalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan nazorat qilib turiladi.

Yangiliklar lentasi
0