TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Bishkekda yuz bergan aviahalokat qurbonlari qarindoshlari bilan uchrashuvda o‘lganlar xotirasiga shaxsan duo o‘qidi, deb xabar bergan Sputnik Qirg‘iziston.
Eslatib o‘tamiz, 16-yanvar kuni Boeing 747 yuk samolyoti Bishkek yaqinida halokatga uchragan edi. Istanbuldan Gongkongga uchayotgan samolyot Bishkekda yonilg‘i quyishi kerak bo‘lgan. Fojia oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohatlangan.
Atambayev aviahalokat qurbonlari haqiga shaxsan duo o‘qigan va yuz bergan fojia oqibatida turar-joyidan mahrum bo‘lganlar boshpana bilan ta’minlanishi masalasi hal etilishi naqadar muhimligi haqida gapirgan.
"Davlat jabrdiydalarga yordam berish uchun pul topadi. FVV maxsus hisob raqamiga fuqarolar va yuridik shaxslardan kelib tushgan pullar maqsadga muvofiq ishlatiladi. Bu masalani fojianing birinchi daqiqasidan boshlab shaxsan nazoratga olganman", — deb aytgan Atambayev.
Yig‘ilish ishtirokchilari jabrlanganlarga kompensatsiya to‘lash, ularni dori-darmon bilan ta’minlash, bolalarga ijtimoiy ko‘mak berish masalalarini muhokama qilishgan.