Afg‘oniston shimolida "qora sovuq" tufayli 30ga yaqin bolakay nobud bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishQora sovuq
Qora sovuq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir necha kun davom etgan "qora sovuq" tufayli Afg‘oniston shimolida eng kamida 27 nafar bolakay halok bo‘lgan

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Afg‘oniston shimolida kuchli qor yog‘ishi va sovuq ob-havo tufayli eng kamida 27 nafar bolakay nobud bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashrda yozilishicha, bu haqda mahalliy OAVlarga tayangan holda Sinxua nashri xabar qilgan.

"To‘xtovsiz yoqqan qor va uzoq davom etgan izg‘irinli ob-havo tufayli qishloqlar va tibbiy markazlarni bog‘lab turuvchi yo‘llar bekilib qolgan. Oqibatda Jauzjan qishlog‘idagi Darzab uyezdida 27 nafar begunoh bolakay nobud bo‘lgan", — deb xabar qilgan uyezd boshlig‘i Rahmatulla Hashar.

Xabarda ta’kidlanishicha, bir necha kun oldin boshlangan qor ayrim provinsiyalarda yarim metrgacha borgan.

Yangiliklar lentasi
0