AQSh xalqaro tashkilotlarni moliyalashtirishni 40 %ga kamaytiradi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishAQSh elchixonasi
AQSh elchixonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Donald Tramp ma’muriyati BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarni moliyalashtirishni sezilarli darajada qisqartirish bo‘yicha hujjatlar tayyorladi.

TOShKENT, 26 yanv – Sputnik. AQSh yangi rahbariyati turli xalqaro tashkilotlar uchun ajratilayotgan milliardlab mablag‘larni qisqartirishga qaror qilgan, deb xabar bermoqda sharh.uz nashri New York Times xabariga asosan.

Nashr xabariga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati Falastin avtonomiyasini o‘z a’zosi deb hisoblovchi, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi kiritilgan sanksiyalarda ishtirok etmayotgan hamda abortlarni qo‘llab-quvvatlovchi barcha xalqaro tashkilotlarni moliyalash butunlay to‘xtatish rejalashtirilayotgan ekan.

Xabarda shuningdek biror bir davlatga bo‘ysunib, terrorchilikni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan va inson huquqlarini doimiy buzib kelayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ham butunlay to‘xtatilar ekan.

Umumiy hisobda, AQSh tomonidan xalqaro tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan mablag‘ 40%ga qisqartiriladi. Ushbu tadbir BMT faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.  

Yangiliklar lentasi
0