TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Monte-Karlo (Monako)da 41-xalqaro sirk san’ati festivali yakunlandi. O‘zbekistonlik Kristianna Vorobyova va Rustem Osmanovlarning Sky Angels deb nomlanuvchi dueti festivalda a’lo darajada ishtirok etdi va sirk "Oskari" deb ataluvchi "oltin masxaraboz" mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda festivalning Facebookdagi sahifasida ma’lum qilinmoqda.
Bundan tashqari, Sky Angels dueti eng yaxshi musiqiy chiqish yo‘nalishida ham maxsus mukofotni qo‘lga kiritdi.
Monte-Karlodagi xalqaro sirk festivali dunyodagi eng yirik sirk festivali hisoblanadi. Bu yil unda 16 mamlakatdan 120dan ortiq artist ishtirok etdi. Festival Monako qirolichasi Stefaniya raisligi ostida tashkil etiladi. Festival g‘oliblarini ham qirolicha e’lon qiladi.