TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp qotilliklar soni keskin oshib ketgani uchun Chikago hukumatiga tanqid bilan yopirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabar qilinishicha, AQSh prezidenti shaharni tartibga keltirish uchun, u yerga federallarni yuborishini aytib, tahdid qilgan.
If Chicago doesn't fix the horrible "carnage" going on, 228 shootings in 2017 with 42 killings (up 24% from 2016), I will send in the Feds!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) 25 yanvarya 2017 g.
"Agar Chikago davom etayotgan hunrezlik — 2017-yilda 228 marotaba o‘t ochish va 42ta o‘lim(2016 yilga nisbatan 24% yuqori) — holatini to‘g‘rilamasa, men u yerga federallarni yuboraman", — deb yozgan Tramp o‘zining Tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Oq tanli politsiyachilar afroamerikaliklarga nisbatan ko‘rsatayotgan zug‘umlarga qarshi ro‘y bergan ommaviy tartibsizlik va mitinglardan so‘ng, Chikagoda politsiya rahbari o‘zgargan va shundan so‘ng qotilliklar soni keskin oshib ketgan edi, deb eslatib o‘tgan nashr.