GM Uzbekistan muammolarni hal qilish uchun internet-so‘rovnoma ochdi

© GM Uzbekistan / Facebook«Nexia» avtomobili xaridorlari
«Nexia» avtomobili xaridorlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
fuqarolar 25-yanvardan 3-fevralga qadar sohada mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish, mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida o‘z fikr va takliflarini bildirishlari mumkin.

TOShKENT, 25 yanv – Sputnik. GM Uzbekistan mahsulot sifati, avtomobillarni xarid qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish borasida mavjud bo‘lgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadidia internet-so‘rovnoma tashkil qildi.

Kompaniya saytida joylashtirilgan so‘rovnoma orqali fuqarolar 25-yanvardan 3-fevralga qadar sohada mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish, mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida o‘z fikr va takliflarini bildirishlari mumkin.

“GM Uzbekistan” kompaniyasi jismoniy va yuridik shaxslarni so‘rovnomada faol ishtirok etishga hamda mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish borasidagi takliflarni kiritishlarini so‘raydi”, — deyilgan kompaniyaning Facebookdagi rasmiy  sahifasida.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun quyidagi anketalarni o‘zbek yoki rus tillarida to‘lidirib kompaniyaga yuborish kerak.

Yangiliklar lentasi
0