TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Birlashgan Arab amirligida biznesmen qamoqdagi mahbuslar qarzini to‘lab ularni ozod qilishda yordam berdi, deb yozadi "Russkie Emirati" jurnali.
Ozod qilinadigan mahbuslar orasida Indoneziya, Hindiston, Filippin, Pokiston, O‘zbekiston, Nepal, Bangladesh, Efiopiya va Suriya fuqarolari bor.
Ushbu mahbuslar haqiqiy jinoyatchi emas. Ular shunchaki vaziyat qurboniga aylanganlar — deb yozadi nashr. Ularning qamoq muddati tugagan bo‘lishiga qaramasdan, qarzi tufayli qamoqxonada saqlanayotgan bo‘lgan.
"O‘tgan yil ko‘pchillik uchun qiyin bo‘ldi. Ayrimlar qoplanmagan cheklar, to‘lanmagan soliqlar tufayli qamoqqa tushib qolishdi. Shuning uchun men ushbu fuqarolar qarzini to‘lashga va oilalari yoniga qaytish uchun aviachipta olib berishga qaror qildim", — dedi 58 yoshli Pure Gold Jewellers asoschisi Firoz Merchant (Firoz Merchant).
Kelib chiqishi Hindistonlik bo‘lgan, milliarder 2008-yildan beri 4,5 ming kishini qamoqdan chiqarishga yordam berdi. Ushbu maqsadda Firoz Merchant 2,5 mln dollar xarajat qildi.