TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan tayyorgarlik yig‘ini doirasida Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Rossiyaning "Krasnodar" klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuvda "Krasnodar" futbolchilari 2:0 hisobida g‘alabaga erishishdi. Bu haqda "Krasnodar"ning Tvitterdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Har ikki gol ikkinchi taymda kiritilgan.
Finalniy svistok! Zavershayem perviy sbor pobedoy!
— FCKrasnodar (@FCKrasnodar) January 25, 2017
Nashi goleadori:
50' Okriashvili (Bistrov)
55' Jigulov (Goglichidze)#KrasnodarPaxtakor 2:0 pic.twitter.com/QxrsFfeilC
50-daqiqada Tornike Okriashvili Vladimir Bistrovning to‘p uzatishidan so‘ng "Krasnodar"ni hisobda oldinga olib chiqdi, besh daqiqadan keyin esa Ilya Jigulov ikkinchi golni kiritdi.