Qirg‘iz-tojik chegarasidagi toshbo‘rondan so‘ng qo‘shimcha postlar qo‘yildi

Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasidagi dahanaki jang bir-birini toshbo‘ron qilishga aylanib ketgan. Nizo oqibatida ikki davlat fuqarolariga qarashli bir uy va to‘rt avtomashinaga zarar yetgan

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Qirg‘iz-tojik chegarasidagi ikki davlat aholisi o‘rtasidagi nizodan so‘ng qo‘shimcha postlar o‘rnatildi, deb xabar berdi RIA Novosti Qirg‘iziston davlat chegara xizmati matbuot xizmatiga asosan.

Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qirg‘izistonning Botken tumanidagi Ko‘k-Tosh qishlog‘i hududida ikki davlat aholisi o‘rtasida nizo kelib chiqqan.

"Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasidagi dahanaki jang bir-birini toshbo‘ron qilishga aylanib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, nizo oqibatida ikki davlat fuqarolariga qarashli bir uy va to‘rt avtomashinaga zarar yetgan. Vaziyat jiddiylashib ketishining oldini olish maqsadida ikki davlat chegara xizmatlari tomonidan mazkur hududda qo‘shimcha chegara kuchlari joylashtirildi", — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, ikki davlat chegara xizmati vakillari uchrashuvidan so‘ng nizo bartaraf etilgan hamda "tomonlar odatdagi rejimda xizmat olib borilishi, chegaradagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish borasida barcha choralarni ishga solish hamda nizoning kelib chiqish sabablarini o‘rganish"ga kelishib olishgan.

"Ayni paytda qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi vaziyat barqaror. Vaziyatni ikki davlatning mahalliy hokimiyat vakillari, militsiya xodimlari nazorat qilib turibdi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0