O‘zbek eksportchilari bir kunda 10 mln dollarlik shartnoma imzolashdi

© uzagroexport.uzYashil haftalik 2017
Yashil haftalik 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorij kompaniyalari vakillari O‘zbekistondan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilishga qiziqish bildirdilar

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Berlinda bo‘lib o‘tayotgan IGW Berlin Yashil haftalik 2017 — 82-oziq-ovqat sanoati, bog‘dorchilik, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi Xalqaro savdo ko‘rgazmasida O‘zbekiston kompaniyalari 10 mln dollarlikdan ortiq shartnomalar imzolashdi. Bu haqda "O‘zagroeksport" AJ saytida xabar berilmoqda.

Unda dunyoning 60 davlatidan bo‘lgan 1 800 dan ziyod kompaniya ishtirok etmoqda, 380 mingga yaqin kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi ishbilarmonlari manfaatlarini o‘zida ifoda etgan milliy stend ham taqdim etilgan.

© uzagroexport.uzYashil haftalik 2017 ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston mahsulotlari
82-ya Mejdunarodnaya torgovaya vistavka pishevoy promishlennosti, sadovodstva, selskogo i lesnogo xozaystva – IGW Berlin Zelenaya Nedelya 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Yashil haftalik 2017 ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston mahsulotlari

Ko‘rgazmaning birinchi kunida qator xorijiy kompaniyalar, jumladan Same Deutz-Fahr (Germaniya), Euro Asia (Germaniya), Abgeordnetenhaus (Germaniya), GlobusMax (Polsha), Better International Trade (Buyuk Britaniya), Urumqi Tongyale International Trade (Xitoy), Go Nuts & Fruits F.Z.E (BAA), Florry Business LP (Buyuk Britaniya) kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kompaniyalar vakillari O‘zbekistondan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilishga qiziqish bildirdilar.

Yangiliklar lentasi
0